

- “Xorazm”ga qarshi o'yinimiz kamida durangga loyiq edi. Ammo mag'lubiyatga uchradik. Yutqazganda ham alamli tarzda yutqazdik. Chunki biz hujum uyushtirayotgandik, qarshi hujumda raqibni o'tkazib yubordik. Bunga mezbonlarning g'alabaga bo'lgan ishtiyoqi ham sabab bo'ldi, deyish mumkin. Menga “Xorazm” futbolchilarining shu jihati yoqdi. Maydonning holati achinarli ekanligi, o'yinimizga salbiy ta’sir qildi. Boisi, biz kombinacion futbol o'ynashga harakat qilamiz. Bu maydonda to'pni jamoadoshiga erlatib to'g'ri uzatishning iloji yo'q. Mag'lubiyatni unutgan holda keyin bahsga tayyorgarlik ko'ramiz, - deydi Ahmadjonov.
"Oq-tepa" matbuot xizmati



