Oston O'runovdan rekord!

Sherzod Nurmatov
9 sen 2025
Kechagi o'yinda bir voqelik biroz etibordan chetda qoldi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, Oston O'runov 70 daqiqa ichida 19 marotaba raqibni dribling yordamida aldab o'tgan. 

Qayd etilishicha, bu OFK tasnifidagi o'yinlar ichida mutlaq rekord natijadir.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kecha CAFA Nation Cup finalida Eronni 1:0 hisobida mag'lub etib, musobaqa g'olibi bo'ldi. O'runov ikkinchi taymda Ruslan Jiyanovni almashtirdi va ikkinchi bo'lim hamda ekstra taymlarda maydonda harakat qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia