Oston O'runov qachon maydonga tushadi?

10 avg 2020, 00:40
"Spartak" - "Sochi" (2:2) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida Moskva klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedeskoga hamyurtimiz Oston O'runov haqida ham savol berildi.

- O'runov va Kokorinni qachon maydonda ko'ramiz?

"Kokorinda mikrojarohat bor. Bugun tongda u o'ynay olmasligini aytgandi. O'runov biz bilan birga, ammo u yaqinda koronavirusdan tuzalgani bois maydonga tusholmaydi. U 3 haftani mashg'ulotlarsiz o'tkazdi. Ostonga tuzalish va formasini tiklash uchun biroz vaqt kerak. Hozir u yakka tartibda ko'proq ishlashi lozim".

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia