Oston O'runov "Paxtakor"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubormoqda. Nega?

Alisher
30 yanv 2021, 16:44
"Spartak" (Moskva) yarim himoyachisi Oston O'runov "Paxtakor"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.

Moskva klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchi tayanch harakat tizimidan jiddiy bo'lmagan jarohat olgan.

O'runov tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi, o'yinchi unga ko'ra individual dasturda ishlaydi.

Futbolchi joriy mavsum "Spartak" libosida barcha musobaqalarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fcsm_official