Oston O'runov: "Maoshim qanchaligini bilmayman"

Sherzod Nurmatov
20 noya 2020, 19:42
"Spartak" yarim himoyachisi Oston O'runov maoshining hajmi otasi nazoratida ekanlini ma'lum qildi.

"Ish haqim O'zbekiston chempionatiga nisbatan yuz baravarga oshdimi? Bilmayman, otam biladilar. Hamma pul ularda, uyda. Otam oylik xarajatlar uchun qancha pul beradi? Menga qancha kerakligi bo'yicha o'zaro muhokama qilib olamiz. Uy xarajatlari va kiyim-kechak kabi bazi xaridlar uchun pul saqlab qolaman. Qolganlarini unga yuboraman. Maoshim qanchaligini esa bilmayman", – dedi O'runov Nobel Arustamyanning You Tube-kanalida joylashtirilgan videoda.

"Spartak" bosh direktori Shamil Gazizov O'runovni qishda sotishlari mumkinligini aytdi. Hamyurtimiz Rossiya Premer-ligasining ushbu mavsumida 6 ta uchrashuv o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.com