Oston O'runov jarohatlandi

Ijara asosida "Ufa" sharafini himoya qilayotgan "Spartak" (Moskva) futbolchisi Oston O'runov RPL 21-turi doirasidagi "Ural" bilan o'yinda safdan chiqdi.

Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan edi. Biroq, u o'yinning 41-daqiqasida zaxiraga olindi. Maydonni oqsoqlangani holda tark etgan O'runovning o'rnini Vyacheslav Krotov egalladi. Jarohatning darajasi va o'yinchining tiklanish muddati haqida tibbiy ko'rikdan keyin ma'lumot beriladi.


Manba: football.kulichki.net