

Temur Olimxo'jaev murabbiyligidagi terma jamoamiz 5-17 avgust kunlari bo'lib o'tgan Dukent yig'inida asosiy e'tiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratdi. Shu bois, bu yig'inda nazorat o'yinlari o'tkazilgani yo'q.
"Dukentdagi yig'indan ko'nglim to'ldi. Shogirdlarim mashg'ulotlarda borlarini berib, ter to'kishdi. Yig'inda asosan futbolchilarning jismoniy va funkcional tayyorgarligiga e'tibor qaratdik. Hammasi reja asosida ketmoqda. Navbatdagi yig'in Slovakiyada bo'lib o'tadi. Yevropaga avgust oyining so'nggi o'n kunligida yo'l olamiz", - deydi biz bilan suhbatda o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev.



