
Biz esa Gonduras haqidagi bazi ma'lumotlarni e'tiboringizga taqdim etsak.
Gondurasda futbol oxirgi yillarda sezilarli darajada taraqqiy etib bormoqda. Milliy terma jamoa Meksikadek raqibni ortda qoldirib, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgani buni isbotlaydi. Bu mamlakatda yoshlar futbolini ham kattalar bilan bir saviyada ko'tarishga erishishdi. 2007 va 2009 yillarda o'smirlar terma jamoasi kichik mundiallarda qatnashgan. 2007 yil Argentina, Ispaniya va Suriya bilan bir guruhdan o'rin olgan gondurasliklar bahslarni ochkosiz tugatishga majbur bo'lganlar. 2009 yil Misrda Nigeriya, Argentina va Germaniyaga qarshi bellashuvlarni ham jamoa ochkolarsiz yakunlagan. Faqat uchinchi urinishda Gonduras o'smirlari birinchi ochkolar va g'alabani qo'lga kiritishdi. Nimchorak finalga ham yo'llanma olishdi.
Terma jamoaga Xose Valyadares ustozlik qilib kelmoqda. 66 yoshli mutaxassis yoshlar bilan ishlashda yaxshi natijalar qayd etgan. Kubada tavallud topgan bu murabbiy 1970 yildan buyon bevosita futbol ichida faoliyat ko'rsatib kelyapti. 2013 yil Panamada bo'lib o'tgan Shimoliy Amerika chempionatida u jamoani yarim finalga olib chiqdi. Guruhda Kubani mag'lub etib, Meksikadan mag'lubiyatga uchragan Gonduras o'smirlari chorak finalda AQSH bilan to'qnash kelishdi. Bungacha barcha mundiallarda qatnashib kelgan AQSHning yoqimli ananasini aynan gondurasliklar yo'qqa chiqarishdi. 3:1 hisobidagi g'alaba Gondurasga jahon chempionati yo'llanmasini taqdim qildi. Yarim finalda yana Meksikadan engilib, bronza medallari uchun kurashda Kanadaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, BAAdagi chempionat yo'llanmasi qo'lga kiritilganining o'zi Gonduras uchun katta yutuq bo'ldi. Shimoliy Amerika chempionatida jamoa qayod etgan natijalar quyidagicha:
Guruh bosqichi
Gonduras – Kuba – 4:1
Gollar: Garsiya 27, 34, Velazkez 48, Flores 87 – Samonte 17.
Meksika – Gonduras – 2:0
Gollar: Xaymes 30, Teran 32.
Chorak final
AQSH – Gonduras – 1:3
Gollar: Sonora 44 – Alegriya 42, Elis 57, Alvarez 68.
Yarim final
Gonduras – Meksika – 1:3
Gollar: Alegriya 90 – Granados 43, Vbias 44, Suniga 85.
3-o'rin uchun
Kanada – Gonduras – 2:2 (pen.bo'yicha 4:2)
Gollar: Xemilton 90, Xeyns 119 – Bodder 16, Ramos 107.
Jahon chempionati final bosqichida “A” guruhidan o'rin olgan Gonduras ilk turda mezbonlarga qarshi bellashuvda maydonga tushdi. Medina va Velazkez tomonidan kiritilgan to'plar jamoaga o'ta muhim g'alabani keltirdi. Ikkinchi turda Slovakiya bilan o'yinning oxirgi soniyalarida gol urgan gondurasliklar mag'lubiyatdan qutulib qolishdi. Xose Valyadares shogirdlari dastlabki ikki turda bahsning oxirgi daqiqalarida to'p kiritishgani e'tiborga molik. O'smirlarimiz ham aynan uchrashuv oxirlarida yanada ehtiyotkor bo'lib harakat qilishlari lozim. Uchinchi turda chempionat favoritlaridan biri bo'lib turgan Braziliya nimchorak finaldagi raqibimizni 3:0 hisobida dog'da qoldirdi. Lekin guruh o'yinlarida Braziliya bilan eng yaxshi harakat qilgan jamoa aynan Gonduras bo'lgani e'tiborga molik. Uch bellashuvda Romero, Santos, Velazkez, Flores, Medina va Alegriya singari futbolchilar yetakchilar sifatida taassurot qoldirdi.
Jahon chempionatida Gonduras o'smirlar terma jamoasi qayd etgan natijalar hamda Slovakiya va Braziliyaga qarshi maydonga tushgan tarkibi bilan tanishib oling.
BAA – Gonduras – 1:2
Gollar: Xolid Xalfan 33 – Medina 20, Velazkez 86.
Slovakiya – Gonduras – 2:2
Gollar: Vestenichki 48, 57 – Flores 20, Bodden 90.
Gonduras: Kristian Ernandes, Alvaro Romero, Luis Santos, Devron Garsiya, Brayan Velazkez, Kristofer Alegriya, Albert Elis, Issak Borxas (Stiven Ramos, 56), Rembrandt Flores (Kevin Alvares, 70), Kennet Ernandes, Fredi Medina (Xorxe Bodden, 81).
Gonduras – Braziliya – 0:3
Gollar: Boschilya 14, 45, Kayo 64.
Gonduras: Kristan Ernandes, Kevin Alvares, Alvaro Romero, Luis Santos, Anoal Ernandes, Devron Garsiya, Kristofer Alegriya, Albert Elis (Brayan Velazkez, 63), Isaak Borxas (Stiven Ramos, 71), Rembrandt Flores, Fredi Medina (Kevin Lopes, 89).
Braziliya 3 3 0 0 15-2 9
Gonduras 3 1 1 1 4-6 4
Slovakiya 3 1 1 1 5-8 4
BAA 3 0 0 3 2-10 0
Gonduras o'smirlarining barchasi mahalliy klublar tarbiyalanuvchilari sanaladi. “Olimpiya”, “Viktoriya”, “Marafon”, “Valensiya” va “Real Espana” jamoalaridan o'yinchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. O'yin uslubi esa Shimoliy Amerika yetakchisi Meksikanikiga o'xshashib ketadi. Futbolchilar jismonan baquvvat va kurashchanlar, texnik mahoratlarini birga-bir holatlarda ko'proq ishlatib ko'rishadi. Lekin saviya borasida Meksikadan ancha kuchsiz. Shunga qaramay, oxirgi paytlarda futbolda katta o'sishlarga erishayotgan mamlakatning o'smirlar jamoasi bilan bellashib ko'rish biz uchun ancha qiziq edi.
Gonduras terma jamoasi tarkibi
Darvozabonlar
1. Kristian Ernandes "Valle"
12. Fernando Kabrera "Real Espana"
21. Kristian Laynez "Deportes"
Himoyachilar
2. Kevin Alvares "Olimpiya"
3. Alvaro Romero "Real Espana"
4. Luis Santos "Olimpiya"
5. Anoal Ernandes "Olimpiya"
14. Xose Fiallos "Marafon"
16. Kennet Ernandes "Viktoriya"
Yarim himoyachilar
6. Devron Garsiya "Viktoriya"
8. Kristofer Alegriya "Real Espana"
10. Isaak Borxas "Valensiya"
11. Rembrandt Flores "Olimpiya"
15. Stiven Ramos "Real Espana"
17. Fredi Medina "Atletiko Xoloma"
Hujumchilar
7. Brayan Velazkez "Olimpiya"
9. Albert Elis "Olimpiya"
13. Karlos Palasios "Marafon"
18. Xorxe Bodden "Valensiya"
19. Darvin Arita "Real Espana"
20. Kevin Lopes "Motaxua"
Behzod NAZAROV tayyorladi.