O'smirlar terma jamoamiz mart oyida Turkiyaga, mayda Ozarboyjonga boradi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2014, 15:02
Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi fevral oyi so'ngida Toshkentda o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazadi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

O'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev ushbu yig'inda yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazishini ta'kidladi. O'zbekiston U-16 o'smirlari mart oyida Turkiyada yig'in o'tkazishni va may oyida Ozarbayjondagi xalqaro turnirda ishtirok etishni rejalashtirgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia