Server Jeparov boshchiligidagi O'zbekiston U-15 Dushanbega yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
9 avg 2021, 11:31
Xabaringiz bor, O'zbekiston U-15 terma jamoasi 2023 yilgi U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichi bahslariga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.

Server Jeparov murabbiyligi ostidagi o'smirlarimiz 2-8 avgust kunlari poytaxtimizdagi “Chig'atoy” stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

Bugun U-15 terma jamoamiz Toshkent-Dushanbe havo reysi orqali Tojikistonga yo'l oldi. O'smirlarimiz 9-14 avgust kunlari Dushanbe shahrida tashkil etiladigan yig'in davomida Tojikiston U-15 terma jamoasi bilan ikkita xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Mazkur o'rtoqlik o'yinlari 11 va 13 avgust kunlari Dushanbedagi “Respublika Markaziy” stadionida bo'lib o'tadi. Bahslar yurtimiz vaqti bilan soat 19.30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz