Yevropa qitasidagi chempionatning guruh o'yinlari yakunlandi. Bungacha Ko'hna qitadan o'smirlar o'rtasidagi mundialga boradigan to'rtta jamoa nomi aniq edi - Slovakiya, Shvetsiya, Rossiya va Italiya. Kechagi guruh bosqichi yakunlangach qolgan ikki yo'llanma ham o'z egasini topdi. Demak, Avstriya va Xorvatiya o'smirlar terma jamoalari ham BAAdagi mundialda Yevropa qitasi sharafini himoya qilishadi.
O'smirlar o'rtasidagi JCH-2013da ishtirok etadigan barcha jamoalar:
Mezbon: BAA
Osiyo: O'zbekiston, Yaponiya, Eron, Iroq.
Konkakaf: Meksika, Panama, Kanada, Gonduras.
Afrika: Kot d'Ivuar, Nigeriya, Tunis, Marokash.
Konmebol: Argentina, Venesuela, Braziliya, Urugvay.
Yevropa: Slovakiya, Shvetsiya, Rossiya, Italiya, Avstriya, Xorvatiya.
Okeaniya: Yangi Zelandiya.
Yo'llanmaga ega bo'lgan jamoalar orasida Iroq, Marokash, Venesuela, Shvetsiya va Rossiya o'smirlari birinchi bor o'smirlar o'rtasidagi (U17) jahon chempionatida ishtirok etishadi.
O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida 26 avgust kuni Abu Dabida qur'a tashlanadi. Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo qitasi chempioni sifatida qur'a tashlash jarayonida 1-savatchadan o'rin olishadi.