Oskar: "Yevropaga qaytishni xohlayman"

Alisher
15 sen 2020, 13:08
"Shanxay SIPG" yarim himoyachisi Oskar Yevropaga qaytmoqchi.

"Yevropaga qaytishni xohlayman. Ammo, bu hozir sodir bo'lmaydi. Hozircha Xitoyda meni hamma narsa qanoatlantirmoqda, bu yerda o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Menda klubim bilan shartnoma bor va uni oxiriga etkazishim kerak.

Men Yevropadan taklif oldim, ammo buni hozir qilish oson emas. Shartnomamni oxirigacha o'ynashim kerak, shundan so'ng qaytish haqida o'ylab ko'raman. Balki faoliyatimni Italiyada davom ettirarman. Menga "Milan" va "Inter" yoqadi", - deydi xavbek.

Eslatib o'tamiz, Oskar "Shanxay SIPG"ga 2017 yilda "Chelsi"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fox Sports Brasil