
2016 yilning eng yaxshi futzalchisi nomiga uch nafar da'vogar nomi e'lon qilindi. Unga ko'ra sovrin Eron mamlakatiga yo'l olishi aniq.
Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatida g'olib bo'lgan va Kolumbiyada o'tkazilgan Jahon chempionatida bronza medali sohibiga aylangan Eron terma jamoasining uch nafar futzalchisidan biri eng yaxshi bo'ladi.
2016 yil Osiyoning eng yaxshi futzalchisi nomiga da'vogarlar:
1.Asqar Hassanzoda (Eron)
2.Ahmad Ismoilpur (Eron)
3.Farhod Tavakoli (Eron)
Ma'lumot uchun, bu yilgi Osiyo chempionatida Asqar Hassanzoda musobaqaning eng yaxshi futzalchisi bo'lgan edi. Ahmad Ismoilpur esa Jahon chempionatining bronza to'piga ega chiqqandi.
2014 yilda Asqar Hassanzoda Osiyoning eng yaxshi futzalchisi bo'lgan edi.
