Osiyo o'yinlari-2018. Futbol musobaqasiga tashlangan qur'a bekor qilindi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2018, 12:09
Xabaringiz bor, 18 avgust - 2 sentyabr kunlari Indoneziyada navbatdagi Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.

5 iyul kuni Osiyo o'yinlarining futbol musobaqasining guruh bosiqchiga qur'a tashlangan edi.

Biroq bugun musobaqa tashkilotchilari o'sha qur'ani bekor qilishdi. Bunga sabab BAA va Falastin terma jamoalarining ham musobaqaga qo'shilgani sabab bo'ldi. Bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida ma'lum qildi.

Endi Osiyo o'yinlarining erkaklar o'rtasidagi futbol musobaqasida 26ta jamoasi ishtirok etadi. Jamoalar 6ta guruhga ajratiladi. Ikkita guruhda 5tadan, 4ta guruhda 4tadan jamoa bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia