Osiyo o'yinlarida kimlar qatnashadi?

Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida bo'lib o'tadigan XVII Osiyo o'yinlari boshlanishiga borgan sari kam vaqt qolyapti.
Ushbu musobaqaning futbol bo'yicha o'tkaziladigan bahslarda O'zbekiston (U-23) terma jamoasi ham ishtirok etadi. Hozircha vakillarimizning qaysi guruhda, kimlarga qarshi bahs olib borishi ma'lum emas. Avgust oyi o'rtalarida qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Osiyo o'yinlarida sportning futbol turi bo'yicha bahslar 14 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar o'tkaziladi. O'yinlar oltita stadionda bo'lib o'tadi. Final bahsi “Inchxon” futbol o'yingohida o'tkaziladi. Musobaqada 24ta jamoa to'rttadan olti guruhga bo'lingan holda kurash olib boradi. Quyida ishtirokchi terma jamoalarni keltirib o'tamiz.

SHARQIY OSIYO
Janubiy Koreya
Yaponiya
Xitoy
Xitoy Taypeyi
Gonkong

MARKAZIY OSIYO
O'zbekiston
Eron
Turkmaniston
Afg'oniston

G'ARBIY OSIYO
Qatar
BAA
Ummon
Saudiya Arabistoni
Falastin
Quvayt
Livan

JANUBIY-SHARQIY OSIYO
Malayziya
Tailand
Laos
Indoneziya

JANUBIY OSIYO
Hindiston
Shri-Lanka
Bangladesh
Pokiston


Manba: championat.asia