

Murosasiz kechgan o'yinda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.
Li Min Sung boshchiligidagi koreyaliklar uchrashuv davomida to'p nazoratiga egalik qilishgan bo'lsa-da, Eronning mustahkam himoyasini yorib o'tishning uddasidan chiqa olishmadi. Eronliklar esa asosan qarshi hujumda xavf solishga harakat qilishdi, biroq yakuniy zarbalar aniqligi pand berdi.
U-23 Osiyo Kubogi. "C" guruhi, 1-tur
JANUBIY KOREYA U-23 - ERON U-23 0:0
7 yanvar. Riyod. "Al-Shabab" stadioni.
Janubiy Koreya U-23: Mun Xyon Xo, Choy Sok Xyon, Choy Vu Jin, Kang Min Jun, Li Xyon Yong, Kim Ji Su, Xvang Do Yun, Jong Je Sang, Pak Song Xo, Jong Ji Xun, Li Song Von.
Eron U-23: Xalife, Moamelegari, Vosug'ifard, Mahdavi, Razzag'iniya, Iri, Zaruni, Jafari, Sadeg'i, Habibi, Ahmadi.
Ma'lumot uchun, ushbu guruhdan O'zbekiston va Livan Olimpiya terma jamoalari ham joy olgan. Koreya va Eron o'rtasidagi durang vakillarimiz uchun turnir jadvalida yaxshi imkoniyat taqdim etadi.
Endi Janubiy Koreya 2-turda Livan bilan kuch sinashsa, Eron terma jamoasi Ravshan Haydarov shogirdlariga qarshi maydonga tushadi.



