Osiyo Kubogi. Qatardan g'alaba, Almuozdan dubl

Mirjalol Normatov
17 yanv 2019
Osiyo Kubogining 3-turi doirasidagi Saudiya Arabistoni - Qatar uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning muhim vaziyatlarini ushbu sahifa orqali  kuzatib boring:

YANGILASH

19-daqiqada Fahad Al Muvalladning zarbasi ustunga tegib qaytdi.

42-daqiqada Hasan al-Haydos penaltidan unumli foydalana olmadi.

45-daqiqada Almuoz Ali himoyachilarning qo'pol xatosidan keyin darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va undan unumli foydalandi.

59-daqiqada Almuoz Alining goli hisobga olinmadi.

80-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pga Almuoz Ali boshi bilan zarba bergan holda darvozani ishg'ol qildi.

Osiyo Kubogi-2019
"E" guruhi. 3-tur
SAUDIYA ARABISTONI - QATAR 0:2

17 yanvar, 21:00. Abu Dabi, "Zayed Sport City Stadium"

Gol: Almuoz Ali (45, 0:1), Almuoz Ali (80, 0:2).

Saudiya Arabistoni - 21. Muhammad Al Ovays, 2. Muhammad Al Burayk, 4. Ali Al Bulayxi, 8. Yaxyo Al Shexri, 11. Xatan Baxbri, 12. Xamdam Al Shamroni, 14. Abdulloh Otayf (7. Nuh Ibrohim al-Musa, 78), 16. Xussain Almoqaxvi, 18. Abdulrahmon G'arib (9. Muhammad Sari, 60), 19. Faxad Al Muvallad (6. Ayman al-Hulaif, 75), 23. Muhammad Al Fatil.

Qatar - 1. Saad Al Shib, 2. Pedro Korrea, 3. Abdulkarim Xassan, 4. Tariq Salmon, 6. Abdulaziz Xatim, 10. Hasan  Al Xaydos (12. Karim Budiaf, 72), 11. Akrom Afif, 15. Bassam Al Ravi, 16. Bulam Xukxi, 19. Almuoz Ali (7. Ahmad Alo Eldin, 83), 23. Omar Madibo (14. Salim al-Xajri, 69).

Ogohlantirish: Assim Madibo (7), Ali al-Bulayxi (41), Almuoz Ali (45), Abdulaziz Hatim (58), Muhammad al-Sayari (82).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia