

Bugun jamoamiz delegaciyasi Sharja shahriga ko'chib o'tadi. Ektor Kuper boshchiligidagi jamoa 9 yanvar kuni aynan shu shaharda Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan Ummonga qarshi o'yinni o'tkazadi.
O'zbekiston terma jamoasi bugun mahalliy vaqt bilan soat 18:00da (19:00 Toshkent) Sharja shahridagi "Sharja Klub Al Xazana" stadionida mashg'ulot o'tkazadi.
Ummon terma jamoasi esa bugun Sharjadagi "Sharja Universiteti" stadionida shug'ullanadi.
Eslatib o'tamiz, 8 yanvar kuni ikkala jamoa o'yin bo'lib o'tadigan "Sharja" stadionida rasmiy mashg'ulotda qatnashadi.
9 yanvar kungi bahs mahalliy vaqt bilan 17:30da (18:30 Toshkent) boshlanadi.



