Osiyo Kubogi oldidan. Falastin Eron bilan durang o'ynadi

Xayrulla Xoliqov
25 dek 2018, 12:13
Osiyo Kubogi starti arafasida o'rtoqlik uchrashuvlari davom etyapti.

Kecha Falastin terma jamoasi o'zining navbatdagi o'rtoqlik o'yinini Eronga qarshi o'tkazib 1:1 hisobini qayd etdi. O'yin Dohadagi "Abdulloh bin Xalifa" stadionida o'tkazildi.

Uchrashuvning 50-daqiqasida Mehdi Taremi hisobni ochdi. Oxirgi daqiqalar o'tib borayotgan bir paytda esa Jonatan Kantillana hisobni tenglashtirdi. Shunday qilib bahs durang natija bilan yakun topdi. Eron shuningdek, Hindiston bilan ham o'ynamoqchi bo'lgandi, biroq hindlar ustozi Stefen Konstantin bunga ko'nmadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com