Osiyo Kubogi. KXDR bor e'tiborini S.Arabistoniga qaratadi

Ertaga guruhdagi raqibimiz KXDR Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi.
Bilasiz, koreyaliklar birinchi o'yinda bizga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bugun bo'lib o'tgan matbuot anjumanida KXDR bosh murabbiyi Jo Tong Sop bor e'tiborni Saudiya Arabistoniga qarshi bahsga qaratishini ma'lum qildi.

"Birinchi o'yin juda omadsiz kechdi. Endi bo'lsa ikkita uchrashuvda o'zimizni ko'rsatishimiz kerak bo'ladi. Ertangi raqibimiz juda kuchli jamoa. Ularda mahoratli o'yinchilar ko'p. Lekin biz ham qarab turmoqchi emasmiz. Men haliyam kelajakka umid bilan qarayapman va shogirdlarimga to'liq ishonaman".

"Safimizda jarohat olganlar yo'q, hamma o'yinga tayyor. Hozircha boshlang'ich tarkibni aniqlab olishga ulgurmadim. Bugun o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazamiz va shundan so'ng bir qarorga kelaman".

Manba: championat.asia