Osiyo Kubogi-2027 Saudiya Arabistonida o'tadi

Sherzod Nurmatov
5 dek 2022, 12:35
Bu haqda taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev xabar berdi.

Qatar futbol assotsiatsiyasi vakili, JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi a'zosi Alisher Nikimbaevning Telegram'dagi sahifasida ma'lum qilishicha, Butun Hindiston futbol federatsiyasi 2027 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish taklifini qaytarib olganini rasman e'lon qildi.

Shu tariqa, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi musobaqani o'tkazishdan manfaatdor yagona tomon bo'lib qoldi. Demak, hozirdanoq Osiyo Kubogi-2027 Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishini aytishimiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, umumiy arizalar soni beshta edi. Birinchisi – bir yil avval arizani qaytarib olgan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bo'lsa, ikkinchisi, joriy yilning oktyabr oyida o'yindan chiqqan Eron futbol federatsiyasidir. Keyinchalik 2023 yilgi musobaqani o'tkazish huquqini qo'lga kiritgan Qatar futbol assotsiatsiyasi avtomatik ravishda da'vogarlar ro'yxatidan chiqib ketdi. Endi esa ovoz berishdan deyarli ikki oy oldin Hindiston futboli rahbariyati ham bu g'oyadan voz kechdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia