Osiyo kubogi-2023. Eng keksa va eng yosh futbolchi kim? 39 yoshli Sunil Chetri rekordchi bo'la olmadi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2024, 10:27
OFK Qatarda bo'ladigan Osiyo kubogida ishtirok etuvchi barcha terma jamoalarning yakuniy tarkibini e'lon qildi.

Ro'yxatga e'tibor qaratsak eng yoshi katta futbolchi Tailand darvozaboni Sivarak Tedsungnoen hisoblanadi - 39 yosh, 8 oy, 15 kun (bugungi kunda). 1984 yilning 20 aprelida tug'ilgan posbon hindistonlik afsonaviy futbolchi Sunil Chetrini 3 oyga ortda qoldirdi (39 yosh, 5 oy, 1 kun).




Musobaqaning eng yosh futbolchisi esa Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi yarim himoyachisi Beknaz Almazbekov hisoblanadi - 18 yosh, 6 oy, 10 kun.

Iroqlik yarim himoyachi Muntazir Majid esa undan ikki oylik kattaroq (18 yosh, 8 oy, 11 kun).





O'zbekiston milliy terma jamoasida eng katta futbolchi bugun 33 yoshga to'lgan darvozabon O'tkir Yusupov bo'lsa, eng yosh futbolchi 2004 yil 29 fevral kuni tug'ilgan Abduqodir Husanov hisoblanadi.




Osiyo kubogi uchun barcha terma jamoalarning yakuniy tarkibini MANA BU YERDAN ko'chirib olsangiz bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia