Osiyo Kubogi-2019. Sensaciya! Tailand - Hindiston 1:4

Osiyo Kubogining 1-turidan o'rin olgan Tailand - Hindiston uchrashuvida Hindiston yirik hisobda g'alaba qozondi.

Ushbu sahifada o'yinning eng muhim vaziyatlarini kuzatib borish mumkin. 



                                                   YANGILASH


O'yin boshlandi.

10-daqiqaga kelib o'yin teng kurashlar ostida kechmoqda. Hali jamoalar aytarlik xavfli hujum uyushtirishmadi.

Birinchi zarbaa. Zitipan Puangjan kuchli zarba yo'lladi. Noaniq

Dastlabki 15 daqiqadan keyin to'p nazorati 54% - 46%. Ustunlik biroz Tailand terma jamoasi tomonida

Standart vaziyatdan Tailand termasi naf chiqara olishmadi. Burchak zarbasi amalga oshiriladi. Tailandliklar ustunlikni o'z qo'llariga olishmoqda

FIFA reytingida Tailand 118-o'rinda, Hindiston 97-pog'onada bormoqda

Penalti. Hindiston tepadi

27-daqiqada Sunil Chetri hisobni ochdi - 0:1

33-daqiqada hisob tenglashdi - 1:1. Gol muallifi Tirasil Dangda

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

Osiyo Kubogining 1-turidan o'rin olgan Tailand - Hindiston uchrashuvining ikkinchi bo'limi boshlandi.

Sunil Chetri bugun Hindiston terma jamoasi tarkibida o'zining 66-golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Natijada, Chetri halqaro o'yinlarda gol urish bo'yicha Leo Messini (65ta gol) quvib o'tdi. Ronalduda hisobida esa 85ta gol mavjud

47' GOOOOL! Chetri terma jamoasi tarkibida 67-golini kiritdi.
O'ng qanotdan markazga to'p uzatildi va bu vaziyatdan 34 yoshli hujumchi unumli foydalanib uchrashuvdagi dublini rasmiylashtirdi

62-daqiqa. Tailandlik futbolchilar to'pni nazorat qilishmoqda. Biroq, futbolda g'alaba qozonish uchun buning o'zi kamlik qiladi.

66-daqiqa. Sunil Chetri ajoyib formada. Xet-trik qayd etish uchun astoydil harakat qilmoqda. 2ta gol qo'yib yuborgan tailandliklar esa uni jiddiy taqib qilishyapti

68-daqiqa. Tailand nogdaun holatida! - 1:3. Anirud Tapa

O'yin taqdiri deyarli hal! Hozirgina maydonga tushgan Jiji 81-daqiqada o'yinga katta qilib nuqta qo'ydi - 1:4. To'pni "Panenka" uslubida  darvozabonni ustidan tashlab qo'ya qoldi

Sensaciya! Tailand - Hindiston 1:4

Osiyo Kubogi-2019
"A" guruhi. 1-tur

TAILAND - HINDISTON 1:4 
6 yanvar. Abu Dabi. "Al Nahyon" stadioni. 18:30 (Toshkent vaqti)

Bosh hakam: 
Liu Kvok Man (Gonkong)
Qanot hakamlari: 
Xuo Veiming va Kao Yi (ikkisi Xitoy)
Darvoza ortidagi hakamlar: 
Ma Ning va Fu Ming (ikkisi Xitoy)
Zaxira hakami: 
Ronnie Kox Min Kiat (Singapur)

Gollar: Sunil Chetri (27, 0:1), Tirasil Dangda (33, 1:1), Sunil Chetri (47, 1:2), Anirud Tapa (68, 1:3), Jiji (81, 1:4).

Tailand: 1. Chatchai Butprom, 3. Ziraton Bunmatan, 4. Chalermpong, 6. Pansa Xemvibun, 8. Zitipan Puangjan, 9. Adisak Kraisorn, 10. Tirasil Dangda, 14. Sanravat Dechmitr, 18. Chanatip Songrasin, 19. Tristan Do, 22. Supachay Chaided
Hindiston: 1. Gurprit Sing, 3. Subxasish Bose, 5. Sandesh Jingan, 7. Anirud Tapa (17. Borges Rovling, 79), 11. Sunil Chetri, 13. Ashik Kuruniyan (12. Jiji Lalpeklua, 78), 14. Pronay Halder (6. Germansprit Sing, 87), 15. Udanta Sing, 19. Xalicharan Narzari, 20. Pritam Kotal, 22.  Anas Edazodika


Manba: Championat.asia