Osiyo Kubogi-2019. OFK Livan televideniesiga tanbeh berdi

Xayrulla Xoliqov
14 yanv 2019
BAAda davom etayotgan Osiyo Kubogi translyatsiyasini OFK qattiq nazorat ostiga ostiga olgan.

O'yinlarni yashirincha o'g'rilab ko'rsatgani uchun OFK Livan televideniesiga (Tele Liban) qattiq tanbeh berdi va jiddiy ogohlantirdi. Agar telekanal yashirincha ko'rsatishda davom etsa, yanada keskin chora ko'rilishi ma'lum qilindi.

OFK bu boradagi bayonotida shunday yozadi: Tashkilot Livan televideniesiga rasman murojaat qilib xat yozdi va ogohlantirdi. Osiyo Kubogi uchrashuvlarini translyatsiya qilish huquqiga faqat OFKga tegishli bo'lib, buning uchun tashkilotdan ruxsat olinishi shart.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com