Osiyo Kubogi-2019. Eron Dohada ikkita o'yin o'tkazadi

Xayrulla Xoliqov
26 noya 2018, 18:41
Osiyo Kubogiga hozirlik ko'rayotgan Eron terma jamoasi dekabrda Qatarda yig'in tashkil etadi.

Yig'in davomida forslar ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Bu o'yinlar Falastin va Livanga qarshi kechadi. Dohada 17 dekabr kuni start oladigan yig'in 2 yanvarga qadar davom etadi. Eron terma jamoasi Osiyo Kubogida "D" guruhidan joy olgan va Iroq, Yaman, Vetnamga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com