Osiyo Kubogi-2019. BAAga boradigan turistlar pasportiga yangicha shtamp uriladi FOTO

Xayrulla Xoliqov
1 yanv 2019, 13:47
Navbatdagi Osiyo Kubogi startiga nihoyatda kam vaqt qolmoqda.

Ma'lumki, har yili BAA millionlab turistlarni qabul qiladi. Turli mamlakat odamlari umrida bir marta bo'lsa ham Dubay, Abu Dabi kabi shaharlarga borishni orzu qilishadi. Osiyo Kubogi esa yanvarni BAAda o'tkazish uchun eng asosiy sabab bo'la oladi. 

Endilikda BAA hududiga kirgan har bir turist uchun pasportiga yangi shtamp uriladi. Yangicha shtampda Osiyo Kubogi-2019 logotipi ham aks etgan. 30 dekabrdan pasport nazorati hududlarida xorijliklar pasportiga yangi shtamp urish boshlandi, bu 1 fevralga qadar davom etadi. Tashkilotchilar shu orqali ham musobaqani yuqori darajada targ'ib qilishni maqsad qilishgan.


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com