Osiyo Kubogi-2015. Janubiy Koreya terma jamoasining mashhur futbolchilari

Aslanov Jasurbek
25 dek 2014, 19:20
Bugun e'tiboringizga 2015 yilda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi "A" guruhi ishtirokchisi hisoblanuvchi, Janubiy Koreya terma jamoasining mashhur futbolchilari haqida ma'lumotlarni taqdim etamiz.

Darvozabon:

Jun Sun Ryon (1985 yil 4 yanvar)

Bo'yi: 190 sm

Hozirgi klubi: "Suvon  Blyuingiz" (2011-2014)

Faoliyati davomida to'p tepgan jamoalari: "Poxan Stilers" (2003-2007), "Seongnam" (2008-2011)

Terma jamoadagi o'yinlari soni: 64ta


Himoyachilar:

Cha Du Ri (1980 yil 25 iyul)

Bo'yi: 181 sm

Hozirgi klubi: "Seul" (2013-2014)

Faoliyati davomida to'p tepgan jamoalari: "Bayer" (2002-2004), "Arminia B" (2002-2003 ijara), "Ayntraxt F" (2003-2004 ijara), "Ayntraxt F" (2004-2006), "Maync" (2006-2007), "Koblenc" (2007-2009), "Frayburg" (2009-2010), "Seltik" (2010-2012), "Fortuna D" (2012-2013)

Terma jamoadagi o'yinlari soni: 70ta


Kim Yon Gvon (1990 yil 27 fevral)

Bo'yi: 187 sm

Hozirgi klubi: "Guanchjou Evergrand" (2012-2014)

Faoliyati davomida to'p tepgan jamoalari: "Tokio" (2010), "Omia" (2011-2012)

Terma jamoadagi o'yinlari soni: 29ta


Kvak Tay Xvi (1981 yil 8 iyul)

Bo'yi: 186 sm

Hozirgi klubi: "Al Hilol" (2014) Saudiya Arabistoni

Faoliyati davomida to'p tepgan jamoalari: "Seul" (2005-2007), "Chunnam Dragons" (2007-2009), "Kioto Sanga" (2009-2010), "Ulsan Xendai" (2010-2013), "Al-Shabab" (2013-2014)

Terma jamoadagi o'yinlari soni: 37ta


Yarim himoyachilar:

Ki Sun Yun (1989 yil 24 yanvar)

Bo'yi: 187 sm

Hozirgi klubi: "Suonsi Siti" (2012-2014)

Faoliyati davomida to'p tepgan jamoalari: "Seul" (2006-2009), "Seltik" (2009-2012), "Sanderlend" (2013-2014 ijara)

Terma jamoadagi o'yinlari soni: 66ta


Son Xyon Min (1992 yil 8 iyul)

Bo'yi: 183 sm

Hozirgi klubi: "Bayer" (2013-2014)

Faoliyati davomida to'p tepgan jamoalari: "Gamburg" (2010-2013)

Terma jamoadagi o'yinlari soni: 34


Ku Ja Chol (1989 yil 27 fevral)

Bo'yi: 183 sm

Hozirgi klubi: "Maync" (2014)

Faoliyati davomida to'p tepgan jamoalari: "Jeju Yunayted" (2007-2010), "Volfsburg" (2011-2014), "Augsburg" (2012-2013)

Terma jamoadagi o'yinlari soni: 42


Li Chyon Yon (1988 yil 2 iyul)

Bo'yi: 180 sm

Hozirgi klubi: "Bolton" (2009-2014)

Faoliyati davomida to'p tepgan jamoalari: "Seul" (2004-2009)

Terma jamoadagi o'yinlari soni: 64ta


Hujumchi:

Li Kyun Xo (1985 yil 1 aprel)

Bo'yi: 176 sm

Hozirgi klubi: "Al Jaish" (2014) Qatar

Faoliyati davomida to'p tepgan jamoalari: "Incheon" (2004-2006), "Daegu" (2007-2008), "Jubilo Ivata" (2009-2010), "Gamba Osaka" (2010-2012), "Ulsan Xenday" (2012-2014), "Sangju Sangmu" (2013-2014 armiya)

Terma jamoadagi o'yinlari soni: 70ta



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia