Osiyo Kubogi-2015. Musobaqaning ramziy terma jamoasi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2015, 17:15
Avstraliyada o'tgan Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning tvittyerdagi rasmiy sahifasi 16-qita chempionatining ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Undan Avstraliya va Janubiy Koreyadan to'rttadan, BAAdan ikki va Iroqdan bir nafar futbolchi o'rin olishdi.

Darvozabon: Metyu Rayyan (Avstraliya)
Himoyachilar: Cha Du Ri (J.Koreya), Trent Seynsberi (Avstraliya), Kvak Tae Xvi (J.Koreya), Durgam Ismoil (Iroq)
Yarim himoyachilar: Ki Sung Yong (J.Koreya), Massimo Luongo (Avstraliya), Umar Abdulrahmon (BAA)
Hujumchilar: Son Xen Min (J.Koreya), Tim Keyxill (Avstraliya), Ali Mabhut (BAA)

Sizningcha qaysi futbolchi bu yerda ortiqcha va qaysi futbolchi ramziy termaga yetishmayapti?



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia