Osiyo Kubogi 1.5 mlrd marotaba ko'rildi, bu tarixiy natija

Nadirkhuja Yuldashev
22 yanv 2024
2019 yil BAAda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi turli kanallar va ijtimoiy tarmoqlarni qo'shib hisoblaganda 836 mln marotaba ko'rilgan edi.

Bu rekordni Qatardagi musobaqa ikki karra yangiladi. 5 yil o'tib dunyoda raqamli texnologiyalarga bo'lgan talabning ortishi, musobaqaning ommaviyligiga ta’sir o'tkazmay qolmayapti. 2 ta tur yakunlariga ko'ra chempionat 1.5 mlrd marrani zabt etdi.



Bugun Osiyo Kubogining yutubdagi kanalida 1.16 mln foydalanuvchi bor. 

Vetnam - Indoneziya bahsi 2.4 mln marotaba ko'rilgan, Yaponiya - Vetnam o'yini esa 2.3 mln. Bu juda yaxshi ko'rsatgich. O'zbekiston ishtirokidagi ikkita uchrashuvni esa jami 1.1 mln kishi kuzatgan. 

Tashkilotning FBdagi sahifasidagi foydalanuvchilarning soni 2 mlnga etgan. Instgaramm esa 1 mln ostonasida.

Tabiiyki Osiyo futboliga bo'lgan talabning ortishi ortida tashkilot marketing borasida katta yutuqlarga erishishi mumkin bo'ladi. Bu esa kelajakda Osiyo Kubogi va OCHL o'yinlaridagi bonuslarni oshishiga olib keladi.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia