Osiyo futboli. BAA chempionati davom ettirilmaydigan bo'ldi

Xayrulla Xoliqov
18 iyun 2020, 14:06
Koronavirus pandemiyasi BAA futboliga ham jiddiy ta’sir o'tkazdi.

Buning natijasida BAA Proligasi rahbariyati favqulodda yig'ilish o'tkazib, milliy chempionat o'yinlarini bu yil hisobidan boshqa davom ettirmaslikni lozim topdi. Ma'lumot uchun, BAA chempionati shu yilning mart oyida koronavirus sabab to'xtab qolgandi.

O'zbekistondan ikki nafar futbolchi Otabek Shukurov "Sharja" hamda Aziz G'aniev "Shabab Al Ahli Dubay" safida faoliyat yuritayotganini ma'lumot o'rnida keltirib o'tamiz.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com