Osimxenning MYUga transferi 95 foizga yakunlandi, inglizlar 70 mln evro to'lashga tayyor

Alisher
26 fev 2025, 09:14
Napoli markaziy hujumchisi Viktor Osimxenning "Manchester Yunayted"ga transferi "95 foizga yakunlandi".

"Qizil iblislar" 25 yoshli futbolchi uchun neapolliklarga 70 mln evro tovon puli to'lashga tayyor. Takidlanishicha, Osimxenga PSJ ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda forvard Galatasaroy safida ijara asosida to'p tepmoqda. U barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Napoli bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining narxi 75 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Business Day