Osimxen va Kvaratsxeliya sotiladimi? Klub prezidenti javob berdi

Sherzod Nurmatov
25 fev 2023, 16:15
"Napoli" prezidenti Aulerio De Laurentis klubning ikki yulduzi kelajagi haqida gapirdi.

Bundan avval u Neapol klubining asosiy o'yinchilari Viktor Osimxen va Xvicha Kvaratsxeliya jamoani tark etmasligini ishonch bilan takidlayotgan edi.

Hozirda Yevropada "yondirayotgan" jamoa "Napoli" bo'lib turibdi. Klub Italiya A Seriyasida peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o'rindagi "Inter"dan naqd 15 ochko oldinga o'tib ketdi. Luchano Spalletti shogirdlari Chempionlar Ligasi nim chorak final bosqichi birnchi o'yinida "Ayntraxt" Frankfurtni 2:0 hisobida engdi.

Italyan klubining ikki yulduzi kelajagi mamlakat matbuoti asosiy mavzusiga aylanib qoldi. Klub prezidenti avvalroq ularning sotilmasligi ma'lum qilgan edi. Biroq uning "TNT Mexico"ga bergan intervyusidan keyin bazi narsalar o'zgargandek:

"Men shartnomalar tuzishni juda yaxshi bilaman, shuning uchun Osimxen va Kvaratsxeliyaning bu yerda saqlab qolish unchalik qiyin emas. Biroq hech qachon hech qachon demang. Bazida shunday takliflar bo'ladiki, ularni rad etib bo'lmaydi. Shuning uchun oldindan hech narsa ayta olmaymiz".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BeSoccer