Osimxen koronavirusga chalindi. U "Napoli"ning rekord transferi

Alisher
2 yanv 2020, 16:10
"Napoli" forvardi Viktor Osimxen koronavirusga musbat test topshirdi.

Neapolliklar matbuot xizmatining xabar berishicha, nigeriyalik futbolchida simptomlar yo'q, shu bilan birga u jamoaning biror a'zosi bilan aloqa qilmagan.

Eslatib o'tamiz, Osimxen 2020 yilning yozida "Napoli"ga o'tgan va bu Neapol klubi uchun rekord darajadagi transfer bo'lgan edi.

Futbolchi joriy mavsum "Napoli" safida 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/sscnapoli