Osimxen "aristokrat"ga aylanadimi?

Omonjon To`xtamirzayev
5 okt 2023
Nigeriyalik Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

"Napoli" forvardi Viktor Osimxenga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Ben Jeykobs.

"Osimxen "Chelsi" short-listida yetakchi nomzod. Hattoki futbolchining "Napoli" bilan mojarolariga qaramay, agar Viktor qishda klubini alishtirsa, juda hayron bo'laman", – dedi jurnalist ijtimoiy tarmoqlarida.

Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchining o'zi ham APLga ko'chib o'tish variantiga qarshi emas. Biroq ko'p narsa "Napoli"ga bog'liq bo'ladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Todofichajes