"Osasuna" o'z maydonida "Liverpul" bilan o'ynamoqchi

Mirjalol Normatov
3 may 2020
Ispaniyaning "Osasuna" klubi muxlislariga 100 yillik yubiley bayramni taqdim qilmoqchi.

Klub prezidenti Luis Sabalsa ushbu bayramda "Liverpul"ga qarshi o'yin tashkillashtirmoqchi.

"Afsuski, biz bayramni klubning 100 va 101-yillari oralig'ida tashkillashtiramiz, chunki oldinda bizni nimalar kutib turganini bilmaymiz.

"Liverpul" bilan o'ynashga umid qilyapmiz. Ikkimiz ham qizil liboslilarmiz va ikkimizda ham muhim futbolchilar o'ynab ketgan - Maykl Robinson va Semmi Li. Undan tashqari, klublar o'rtasidagi munosabatlar ham o'zgacha", - dedi mutaxassis.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal