O'runov va Krimec MTJ o'quv-mashg'ulot yig'inini tark etdi
Narzulla Saydullayev
6 okt 2020, 16:09
O'zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilingan ikki nafar futbolchi jamoasining o'quv-mashg'ulot yig'inini tark etishga majbur bo'ldi.
"Paxtakor" himoyachisi Egor Krimec va "Spartak" yarim himoyachisi Oston O'runov kechagi mashg'ulotlarda jarohat olishdi. Shu bois ular Eron va BAAga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishadi, - deb yozadi O'FA matbuot xizmati.