O'rtoqlik uchrashuvi. Janubiy Koreya Gaitini tor-mor etdi

Narzulla Saydullayev
6 sen 2013
Bugun Inchxonda Janubiy Koreya terma jamoasi Gaiti bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib oldi.
Uchrashuv maydon egalarining 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

21-daqiqada Son Xyon-Min Koreyani oldinga olib chiqdi, birinchi bo'lim so'nggida Kervens Belfort hisobni tenglashtirdi. Tanaffusdan so'ng Ku Ja-Chol penaltini aniq amalga oshirdi, 5 daqiqa o'tgach mehmonlar 10 kishi bo'lib qolishdi - Iv Demare qizil kartochka oldi. 58-daqiqada maydon egalari yana bitta penaltiga ega bo'lishdi, uni Li Kyun-Xo aniq amalga oshirdi. O'yindagi yakuniy natijani Son Xyon-Min 73-daqiqada o'rnatdi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Janubiy Koreya – Gaiti – 4:1
Gollar:
Xyon-Min, 21 (1:0); Belfort, 45+1 (1:1); Ja-Chol, 50 (2:1, pen); Kyun-Xo, 58 (3:1, pen); Xyon-Min, 73 (4:1).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com