O'rtoqlik uchrashuvi. Vengriya (U-19) - O'zbekiston (U-19) 1:2

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2014
Vengriyada yig'in o'tkazayotgan 1995 va undan keyingi yillarda tug'ilgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi kecha mezbonlarga qarshi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Ravshan Haydarov shogirdlari Budapeshtdagi Global Sport majmuasida Vengriya U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Bahs vakillarimizning 2:1 hisobida g'alabasi bilan tugadi.

O'zbekiston safida har ikkala golni ham Zabihillo O'rinboev vengerlar darvozasiga urgan.

Endi 11 iyul kuni bu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, 1995 va undan keyingi yillarda tug'ilan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Myanmada bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionati final bosqichida ishtirok etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia