

Uchrashuvning birinchi bo'limi so'nggida Kilian Mbappe Pogbaning ajoyib to'p uzatishidan keyin bir himoyachini ustalik bilan aldab, yaqin burchakni aniq nishonga oldi. Ikkinchi bo'limda Pogba o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin belgilangan jarima zarbasini “jonli devor”dan oshirib, darvozaga aniq yo'lladi -0:2. Fedor Smolos 68-daqiqada o'ng qanotdan uzatilgan to'pni yaqin masofadan Loris qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi. Ammo o'yin oxirlarida Mbappe ruslari jarima maydonchasiga yorib kitdi va himoyachini ustalik bilan aldab o'tib tepgan to'pi Rossiya termasi darvozaboni oyoqlari orasidan o'tib to'rga yo'l oldi -1:3.




