O'rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" - O'zbekiston U-19 - 1:0

Narzulla Saydullayev
28 dek 2014
"Paxtakor" Qibrayda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan nazorat o'yinini o'tkazdi.
Jamoalar tarkibdagi barcha futbolchilarning ayni paytdagi holatini tekshirib ko'rishdi. Birinchi bo'limda jamoamizning kichik ustunligi ko'zga tashlandi. 35-daqiqada Hoshimovning ajoyib to'p oshirishidan unumli foydalangan Pardaev yoshlar termasi posboni bilan birga-bir chiqdi va to'pning uning ustidan oshirib tashladi, 1:0.

"Paxtakor" - O'zbekiston U-19 - 1:0
Gol:
Pardaev, 35.

"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Oraxovac, Tojiev, Hoshimov, Ismatullaev, Kozak, Andreev, Karimov, Rahmatullaev, Pardaev.
O'zbekiston: Karimov, Komilov, Tursunov, Normurodov, Hoshimov, G'iyosov, Qosimov, Yo'ldoshev, Hamdamov, Sohibov, To'raev.

Ikkinchi bo'limda tarkibdagi o'zgarishlardan keyin bahsda tenglik ko'zga tashlandi.

"Paxtakor": Ribkin (Tursunboev, 68), Tolipov, Oraxovac, Grigorev (Begishev, 68), Sidorov, Ismatullaev (Yusupov, 55), Maxsitaliev, Ubaydullaev, Masharipov, Karimov (Ibrohimov, 57; Davlatjonov, 76), J.Hakimov.
O'zbekiston: Hamroev (Ergashev, 60), Ashurmatov, Hamrobekov, Mirzaev, Abdullaev, Shukurov, Sidiqov, O'rinboev, Shomurodov, Abduraimov, Azimov.

"Paxtakor" ertaga ertalabki mashg'ulot bilan birinchi yig'inni yakunlaydi. Mashg'ulotlar 3 yanvardan qayta boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz