O'rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" - "Dubay SK" - 0:1

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2016, 17:22
"Paxtakor" xorij yig'inidagi ikkinchi nazorat bahsini "Dubay" klubiga qarshi o'tkazdi.

Birinchi bo'limda futbolchilarimiz hisobni ochish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Biroq Andreev, Ahmedov va Berdievning zarbalarini raqib posboni qaytarib qoldi. 39-daqiqada Lobanov darvozasi tomon belgilangan penaltidan keyin to'pni qaytardi.

Ikkinchi bo'limda ham bir qator imkoniyatlarni ko'kka sovurgan jamoamizni mezbonlar jazolashdi. 73-daqiqada urilgan gol uchrashuvda yagona bo'lib qoldi. Navbatdagi uchrashuvni "Paxtakor" 19 yanvar kuni Qozog'iston yuqori ligasi ishtirokchisi "Oqjetpes" klubiga qarshi o'tkazadi.

"Paxtakor" - "Dubay SK" - 0:1

"Paxtakor"
: Lobanov (Tursunboev), Merzlyakov, Oraxovac, Tojiev, Hoshimov, Ahmedov, Ismatullaev (Yaxshiboev), Andreev, Sidiqov (Otaxonov), Karimov (Alimov), Berdiev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz