O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-19 - "Obod" - 1:0

Narzulla Saydullayev
10 sen 2014
Bugun Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi birinchi liganing "Obod" klubga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
"Jar" stadionida bo'lib o'tgan o'yin taqdirini Mirjamol Qosimov tomonidan urilgan gol hal qildi - 1:0.

Endi jamoa a'zolari besh kun o'z klublari safida bo'lib, 15 sentyabrdan boshlab yana navbatdagi yig'inini boshlashadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi shu yilning 9-23 oktyabr kunlari Myanma mamlakatida o'tkaziladigan Osiyo Chempionati final bosqichida ishtirok etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia