O'rtoqlik uchrashuvi: "Metallurg" - "Buxoro" 0:2

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2014, 12:56
"Buxoro" jamoasi kecha Toshkentdagi yig'ini doirasida o'zining uchinchi nazorat-sinov uchrashuvini o'tkazdi.
Kechagi sparring-raqib Bekobodning "Metallurg" klubi bo'ldi.

Uchrashuv buxoroliklarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi. Dastlabki golni Suxrob Ne'matovning to'p uzatishidan so'ng Predrag Vuyovich boshi bilan darvozaga aniq yo'llab hisobni ochdi.

Ikkinchi golga "Buxoro"ga "Neftchi"dan taklif etilgan hujumchi Otabek Isroilov mualliflik qildi. Har ikkala gol birinchi bo'limda kiritilganini etirof etishimiz mumkin.

Ikkinchi bo'limda hisob o'zgarmay qoldi.

Toshkentdagi yig'in doirasida "Buxoro" yana bir o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi rejalashtirilgan.Sparring-raqib vazifasini "Olmaliq" klubi o'tab beradi. Uchrashuv 24 iyulda bo'lib o'tadi.

O'RTOQLIK UCHRASHUVI. Toshkent, Chirchiq.
"Metallurg" - "Buxoro" 0:2
Gol:
Predrag Vuyovich, Otabek Isroilov
“Metallurg”: Mamur Ikromov, Saidkomil Akbarov, Hikmat Hoshimov, Mirg'iyos Sulaymonov, Alisher Ziyovuddinov, Shuhrat Yo'ldoshev, Sunnatilla Mamadaliev, Maruf Murodov, Shohnazar Norbekov, Zohid Abdullaev.
Zaxiradagilar: Doniyor Odilov, Said Abdujabborov, Dilmurod Karimov, Davronbek Karimqulov, Nozimjon Esonov, Mirto'ra Akbarov.

"Buxoro":Turdaliev, Narzullaev, U.Ramazonov, Ne'matov, Asqaraliev, R.Boqiev, Plamadela, Vuyovich, D.Popovich, B.Vahobov, O.Isroilov 
Zaxiradagilar: N.Xabibov, I.Ilin, SH.Sulaymonov, J.Ubaydullaev, R.Aslanov, E.Kochnev, A.Muratov. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia