O'rtoqlik uchrashuvi. "Lokomotiv" - "Obod" 5:0

Narzulla Saydullayev
10 may 2014, 22:21
Bugun, 10 may kuni "Lokomotiv" asosiy tarkibi O'zbekiston birinchi ligasi vakili bo'lgan Toshkentning "Obod" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Tosheknt Temir Yo'l Muhandislari Instituti futbol maydonida bo'lib o'tigan ushbu nazorat o'yinida Vadim Abramov shogirdlari raqiblaridan tajriba va mahorat borasida ancha ustunroq ekanini namoyish etib berdi. O'yinning dastlabki daqiqalaridanoq to'p nazorati va hujumkorlikka e'tibor qaratgan "temiryo'lchilar" bir necha xavfli hujumlvrni amalga oshirdi. Shulardan biridan keyin, o'yinning 5-daqiqasida hisob ochildi. Golga Vyacheslav Shevchenko mualliflik qildi.

30-daqiqa Ibrohim Rahimov o'ng qanotdan oldinga bordi va erlatib kuchli zarb bilan jarima maydoniga yo'llangan to'p, raqib futbolchilaridan birining oyog'iga tegib, darvoza to'ridan o'rin oldi. Birinchi bo'lim 2:0 hisobida yakunlandi.

Tanaffusdan keyin "Lokomotiv" yana 3 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Avvaliga Kojokar hisobni 3:0 ko'rinishiga olib kelgan bo'lsa, keyinroq ikki himoyachi - Evgeniy Gogol hamda Ilhom Suyunovlar bittadan gol kiritib, yakuniy hisob 5:0 bo'lishini taminlab berishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz