O'rtoqlik uchrashuvi. "Lokomotiv" Bolgariya klubi bilan durang qayd etdi

Administrator
31 yanv 2023, 21:01
"Lokomotiv" jamoasi Antaliya yig'inlari doirasidagi beshinchi nazorat o'yinida maydonga tushdi.

Bolgariya vakili "Montana" va "Lokomotiv" o'rtasidagi bahsda g'olib aniqlanmadi, 1:1. Dastlab bahsning birinchi bo'limida yevropaliklar hisobni ochgandi. Taymning o'zida Rustam Soirov hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'limda bir necha bora hisob o'zgarishi mumkin edi, futbolchilar bir qancha qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi.

"Lokomotiv" - "Montana" 1:1

Gollar: Fudil Idriss (12, 0:1), Rustam Soirov (33, 1:1).

"Lokomotiv": Abdumavlon Abdujalilov, Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, Islomjon Qobilov, Abdulloh Yo'ldoshev, Mahdi Abduraimov, Sherzodjon Komilov, Orifxo'ja Abduxoliqov, Rustam Soirov, Lazizbek Mirzaev, Marat Bikmaev, Ali Abdurahmonov.

Zaxiradan tushganlar: Rustam Nartadjiev, Oleg Zoteev, Jaloliddin Jumaboev, Javohir Abdualimov, Maruf Jumaev, Sanjar Qodirqulov, Nurmuhammad Toshpo'latov, Anvarjon Alijonov, Shime Jujul.

"Montana": Petar Petrov, Kristyan Valkov, Yordan Yordanov, Borislav Damyanov, Dimitar Burov, Ivan Mixov, Stefan Kamenov, Fudil Idriss, Marko Stoseski, Dimitar Proychev, Mexdi Umari.

Zaxiradan tushganlar: Filip Ejike, Martin Sandov, Vladimir Aytov, Anton Karachanakov.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати