O'rtoqlik uchrashuvi. Iroq OTJ - Saudiya Arabistoni OTJ 3:0

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2016, 20:54
O'zbekiston olimpiya terma jamoasining U23 Osiyo chempionatidagi guruhdoshi Iroq OTJ navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

29 dekabr kuni Xitoyni 1:0 hisobida taslim qilgan Iroq, 2 yanvar kuni Dubay shahrida KXDRni 3:1 hisobida mag'lub etgandi. Kecha Saudiya Arabistoni bilan bahsda iroqliklar yirik 3:0 hisobida zafar quchishdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 12 – 30 yanvar kunlari Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Turnirning guruh bosqichida O'zbekistonga Iroqdan tashqari Janubiy Koreya va Yaman olimpiya terma jamoalari raqib bo'ladi. Iroq va O'zbekiston o'rtasidagi o'yin 16 yanvar kuni bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia