O'rtoqlik uchrashuvi. "Dinamo" - "Surxon" 3:2

Narzulla Saydullayev
21 fev 2017, 19:43
Bugun Toshkentda navbatdagi nazorat bahsini Termizning Surxon jamoasiga qarshi o'tkazgan Dinamo klubi qiziqarli kechgan bahsda 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

O'yinni hujumkor boshlagan vakillarimiz 14-daqiqada jamoamiz ko'rigida bo'lgan buxorolik futbolchi Sardor Sulaymonovning goli evaziga hisobni ochgan bo'lsa, taym yakunida raqiblar Nizom Norovning goli evaziga muvozanatni tiklashdi, 1:1.

Ikkinchi bo'limni ham hujumkor boshlagan dinamochilar 49-daqiqada yana hisobda oldinga chiqib olishdi. Iskandar Xolmirzaev belgilangan 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi, 2:1.

72-daqiqada esa jamoamizning yana bir yarimhimoyachisi Jasur Azimov o'z goli bilan oradagi farq ikkitaga etkazdi, 3:1. Bu golga javoban ko'p o'tmay, Termiz klubi a'zolari Botir Xollievning goli bilan javob bera olishdi, yakuniy hisob - 3:2.



Nazorat o'yini. Toshkent.

21 fevral (seshanba)

DINAMO - SURXON - 3:2 (1:1)

Gollar
: Sardor Sulaymonov 14, Iskandar Xolmirzaev 49 penaltidan, Jasur Azimov 72 – Nizom Norov, 43, Botir Xolliev 77.

Dinamo: Mixail Naumov, Hakimxon Alamxonov, Aleksey Nikolaev, Akmal Bozorov, Firdavs Abdusalimov, Abdujamol Isroilov, Iskandar Xolmirzaev, Jasur Azimov, Javohir Qahramonov, Abdumalik Abdullaev, Sardor Sulaymonov.

Ikkinchi bo'limdan maydonga tushganlar: Rustam Toshturdiev, Komil Sharofutdinov, Asomiddin Mamatov, Amirjon Safarov, Diyor Malikov.

Dinamo jamoasi Toshkentdagi ikkinchi yig'in doirasidagi to'rtinchi uchrashuvni 22 fevral kuni Namanganning Navbahor klubiga qarshi o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz