O'rtoqlik uchrashuvi. "Andijon" - "Navbahor" 1:1

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2013
Bugun Andijon shahridagi “Sog'lom Avlod” o'yingohida “Andijon” va “Navbahor” klublari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Minglab muxlislar qarshisida o'tgan o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Maydon egalari safida Asqar Jadigerov gol urgan bo'lsa, mehmonlar safida Rossiya chempionatidan qaytgan Ayubxon Gapparov to'p kiritdi. 

Bugungi o'yinda “Andijon” quyidagi tarkibda o'ynadi: Yuriy Coy (Sergey Smorodin, Akmal Tursunboev), Afzal Azizov (Rahim Qodirov), Ikrom Ibragimov (Dilmurod Mahmudov), Davron Tursunov (Aziz Qayumov), Asror Rahmonov (Furqat Hasanboev), Alisher To'xtasinov (Sardor Soibov), Bahrom Abdurahimov (Tohir Mahmudov), Bekzod G'oziev, Asqar Jadigerov (Akmal Jo'raboev), Rasul Rahmonov (Anvar Abduqodirov), Dmitriy Kraev (Lochin Soliev)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia