O'rtoqlik o'yini. Iordaniya – Paragvay bahsida 6ta gol kiritildi

Eldor Akmurzayev
10 sen 2019, 23:55
Xalqaro o'rtoqlik o'yini doirasida Iordaniya terma jamoasi Paragvay bilan uchrashdi.

Uchrashuv Amman shahridagi Xalqaro stadionida o'tkazildi. Bahsning ilk taymida maydon egalari Muso Al-Tamari hamda Yosin al-Baxitning gollari evazia 2:0 hisobida oldinga o'tib olishdi. 2-taymda esa paragvayliklar Oskar Romero, Migel Almiron, Robert Roxas va Alexandro Romero aniq zarbalari evaziga ustunlikni o'z tomoniga og'dirishdi. 

Eslatib o'tamiz, Iordaniya JCH-2022 saralashida B guruhidan o'rin olgan bo'lib, ular ilk turda Tayvan vakillari mehmonda 2:1 hisobida taslim etishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia