O'rtoqlik o'yini. "Bavariya"ning raqibi aniq bo'ldi

20 iyul 2020, 20:08
"Bavariya" va "Marsel" klublari o'zaro nazorat bahsida maydonga tushish borasida kelishib olishdi, deb yozadi Bild.

Uchrashuv 31 iyul kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan. Avvalroq myunxenliklarning o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish to'g'risidagi taklifini Leverkuzenning "Bayer" klubi rad qilgan edi. Shundan keyin YCHL pley-off bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan nemis grandi xalqaro maydondan raqib qidirishni boshlab yubordi va francuz jamoasi bilan kelishuvga erishildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild